Dushanba–Shanba: 8:30–16:00Du–Sh: 8:30–16:00Toshkent, Yunusobod tumani, Dehqonobod koʻchasi, 5AYunusobod, Dehqonobod 5A

Koʻp beriladigan savollar

Qabul, tayyorgarlik, natijalar va toʻlov haqida qisqa javoblar.

Qabulga qanday yozilsam boʻladi?

Saytdagi forma orqali, +998 95 144 99 33 yoki +998 95 502 40 40 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib yoki Telegram orqali. Administrator ish vaqtida siz bilan bogʻlanib, qulay vaqtni kelishib oladi.

Klinika qaysi kunlari va soat nechada ishlaydi?

Dushanbadan shanbagacha, 8:30 dan 16:00 gacha. Yakshanba — dam olish kuni.

Tekshiruvlarga qanday tayyorlanish kerak?

Qorin boʻshligʻi UZD, endoskopiya va koʻpgina tahlillar odatda och qoringa qilinadi. Tekshiruvdan oldin 8–12 soat ovqat yemang; oddiy suv ichish mumkin. Qon tahlilidan bir kun oldin yogʻli ovqat va spirtli ichimliklardan saqlaning. Doimiy ichadigan dorilaringiz boʻlsa, ularni toʻxtatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Har bir tekshiruv uchun aniq qoidalarni administrator yozilish paytida aytadi.

Natijalar qachon tayyor boʻladi?

UZD va fibroskan natijasi tekshiruvdan soʻng beriladi. Koʻpchilik laboratoriya tahlillari shu kunning oʻzida yoki keyingi ish kunida tayyor boʻladi. Ayrim maxsus tahlillar (masalan, PZR va gormonlar) bir necha kun olishi mumkin — aniq muddatni tahlil topshirayotganda aytishadi.

Konsultatsiya qancha turadi?

Birinchi konsultatsiya — 300 000 soʻm (endokrinolog-nutritsiolog Odilov B. K. qabulida — 500 000 soʻm). 14 kun ichida takroriy qabul bepul. Tekshiruv va tahlillar narxi Narxlar sahifasida.

Qabul uchun yoʻllanma kerakmi?

Yoʻq, yoʻllanma shart emas. Istalgan shifokorimiz qabuliga yoki tekshiruvga toʻgʻridan-toʻgʻri yozilishingiz mumkin. Avvalgi tahlil va xulosalaringiz boʻlsa, ularni olib keling — bu shifokorga tezroq toʻgʻri qaror qabul qilishga yordam beradi.

Qanday toʻlov usullari mavjud?

Toʻlovni klinika kassasida naqd pul yoki bank kartasi (Uzcard, Humo) orqali qilishingiz mumkin. Boshqa toʻlov usullari boʻyicha administratordan soʻrang.

Oldingi tahlil natijalarimni olib kelsam boʻladimi?

Ha, oldingi tekshiruv va tahlil natijalarini olib keling — bu shifokorga holatingizni toʻliqroq baholashga yordam beradi.

Klinikaga qanday borish mumkin?

Toshkent, Yunusobod tumani, Dehqonobod koʻchasi, 5A. Moʻljal: UZMAL OIL yoqilgʻi quyish shoxobchasi.